O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat Kengashi mehnat inspektorlari va mehnat muhofazasi mutaxassisi tomonidan Chinoz tumanidagi 18-umumta’lim maktabi xodimi O‘.Kengashevning murojaati, muassasada xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, mehnat ta’tiliga oid buyruqlar va ko‘rsatilagan imtiyozlar qo‘llanilganligi, xodimlarning tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazilganligi yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borildi.
Jamoatchilik nazorati yakunida maktab qorovullari ishini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida Mehnat kodeksida belgilangan tartibda smenali grafik ish reja ishlab chiqish, muassasa direktorining tegishli buyrug‘iga muvofiq mehnat muxofazasi, elektr xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha javobgar shaxs tayinlash, xodimlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: