“Takro Osiyo” korxonasi faoliyati O’zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan o’rganildi.
“Takro Osiyo” korxonasi o‘z faoliyatini 2009 yilda boshlagan bo‘lib, 2021 yilda kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgan. Korxona raxbari A.Abdullayev. Korxonada bugungi kunda 217 nafar xodimlar mehnat qilib kelmoqda. Ulardan 87 nafari yosh xodimlar 27 nafari erkaklar, 60 nafari ayollar, 2 nafari nogironligi bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Korxonada M.Ahmadjonova yoshlar tashkilotchisi etib saylangan.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Toshkent viloyati Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Axunjonova tomonidan korxonada yosh ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda jamoa shartnomasida yoshlar uchun berilgan imtiyozlarning bajarilishi yuzasidan o‘rganildi. Hamda yoshlar birlashmasining faoliyati bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: