Kasaba uyushmalari tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish, ommaviy sportni yanada rivojlantirish, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida muntazam ravishda turli sport musobaqalari o‘tkazib kelinadi.
Shunday musobaqalarining biri O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda Toshkent viloyati sport boshqarmasi bilan hamkorlikda ayni damda Yuqorichirchiq tumanidagi sport majmuasida “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, spartakiada doirasidagi xodimlar gimnastikasi ham ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.
TADBIRLARDAN FOTOLAVHALAR…
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: