O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi va «O‘zbekko‘mir» AJ yoshlari bilan «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi doirasidagi davra suhbati o‘tkazildi.
Ma’lumki, Muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida xalqni rozi qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan harakatlar va tashabbuslar mamlakatimiz dovrug‘ini Yangi O‘zbekiston nomi bilan butun dunyoga taratmoqda. Ana shunday izchil islohotlar va yangilanishlar jarayonida mamlakatimizdagi eng yirik jamoat tashkiloti bo‘lgan kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Barcha sohalar kabi «YANGI O‘ZBEKISTON»ning «YANGI KASABA UYUSHMALARI» ham shakllandi deyishga to‘la haqlimiz.
«O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyatining
2021-2025 yillarga mo‘ljallangan strategik yo‘nalishlari»
faoliyatimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilib, quyidagi yo‘nalishlarni Yangi O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy ustuvor vazifalari etib belgilab olingan.
Viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarni kasaba uyushmalariga jalb qilish, ularda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari tuzish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyatda 2 981 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularda 413 916 nafar kasaba uyushma a’zolari birlashgan bo‘lib, shulardan 205 502 nafari ayol, 134 957 nafari yoshlardir.
Joylarda yoshlar birlashmalari tomonidan Huquqiy, Ijtimoiy- iqtisodiy, Madaniy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish va turizm, Madaniy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. Bu yo‘nalishlar orqali yosh kasaba uyushmalari faollari va yetakchilari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etadi. Yoshlar masalalariga taalluqli anjuman, konferensiya, forum, seminar va davra suhbatlarini o‘tkazadi. Veb-sahifa hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etib bormoqda.
Belgilangan vazifalardan kelib chiqgan holda korxona yoshlari bilan o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbati davomida yoshlar kasaba uyushmasining tashkil etilish tarixi hamda viloyat Kengashi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatining bajarilishi yuzasidan o‘tkazilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar suhbat jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlarda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan loyihalar bo‘yicha takliflarini bildirishdi. Eng yaxshi taklif mualliflari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram
Facebook
Instagram
YouTube
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: