O‘zbekiston kasaba uyushmalari FederatsiyasiToshkent viloyati Kengashi mehnat inspektorlari va mehnat muhofazasi mutaxassisi tomonidan “Ammofos-Maksam” AJ elektromontyori X.Abdumajidov bilan yuz bergan baxtsiz hodisa sabablari jamaotchilik nazorati tartibida o‘rganildi.
Jamoatchilik nazorati davomida baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilib:
- aniqlangan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha chora – tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi;
- korxonaning syex va bo‘limlarida barcha xodimlari bilan ish joyida navbatdan tashqari yo‘riqnomadan o‘tkazilishi;
- mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy chora ko‘rilishi;
- X.Abdumajidovga tegishli zarar to‘lovlarini ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: