Amaliy ko’mak

Viloyat yangiliklari

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi Ijtimoiy sug’urta bo’limi mudiri U. Mirzajanov, Moliya bo’limi yetakchi mutaxassisi A.Berdiyarov hamda O’zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko’rsatish Respublika Kengashi Toshkent viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchisi B.Mirzayevlar tomonidan QIbray tumanida faoliyat yuritayotgan Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko’rsatish tarmog’iga a’zo tashkilot «Inter-Rohat» AJ qo’shma korxonasi kasaba uyushma qo’mitasida ustav talablarini bajarilishi, mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish, xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, ular o‘rtasida madaniy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish, ichki turizmga jalb qilish borasidagi ishlar holati o’rganildi hamda yo’nalishlardagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

 

 

Print Friendly, PDF & Email