“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” kasbiy koʻrik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi

Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachi va tarbiyachilarini aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining Toshkent viloyat bosqichi yakunlandi.

8-12-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan tanlov jaroayonlarida  shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 35 nafar metodist-tarbiyachi va tarbiyachilar ishtirok etishdi.

Tanlovning viloyat bosqichi ishtirokchilari va gʻoliblariga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining diplom, esdalik va qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email