Chirchiq shahrida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo’lib o’tdi

Yangiliklar

Chirchiq shahrida joylashgan Oʻzbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Z.Mirgaziyeva, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi M.Xamzayev ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva yoshlarga kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashkil topishi, bugungi kundagi faoliyati, yoshlar bilan ishlashga doir loyihalari xususida hamda tadbir ishtirokchilariga hozirda kasaba uyushmalari faoliyati, mehnat huquqi, bu borada yoshlarga yaratilgan imtiyozlar to’g’risida tushuntirish berdi.

Tadbir davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga rahbarlar va mas’ullardan javob oldilar.

Print Friendly, PDF & Email