O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining 2024-yil 1-yarim yillikdagi Ish rejasida joriy yilning 8-iyulidan 12-iyuliga qadar Kengashning mas’ul xodimlari tarmoq mas’ul tashkilotchilari birgalikda tuman, shahar tarmoq Kengashlariga hamda boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini o’rganib, ularga amaliy yordam ko‘rsatishi belgilangan.
Mas’ullar tomonidan boshlang‘ich tashkilotlarda ustav talablarini bajarilishi, kasaba uyushmasiga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar, xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish, ular o‘rtasida madaniy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish, ichki turizmga jalb qilish borasidagi ishlar holati o’rganildi. Ushbu yo’nalishlardagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: