Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oilalarning 200 nafardan ortiq farzandlari yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga yuborildi

Yangiliklar

Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan tuman va shaharlarda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oilalarning 200 nafardan ortiq farzandlari Bo‘stonliq tumanidagi “Afsona” yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga yuborildi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan loyiha doirasida bolalar uchun sog‘lomlashtirish, dam olish va ta’limga yo‘naltirilgan turli xil mashg‘ulotlar, sport va madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.

Oromgohda bolalar o‘zaro do‘stlashib, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashlari mumkin bo‘ladi. Bolalarning oromgohda o‘tgan kunlari kelgusidagi muvaffaqiyatli hayotiga zamin yaratadi va ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishiga katta hissa qo‘shadi.

Bu kabi ezgu ishlarning davomi sifatida, Toshkent viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oilalarning 955 nafar farzandlarini 2024-yil yozgi mavsumda oromgohlarda dam olishlarini tashkil etish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi tomonidan viloyat mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan 1 milliard 50 million so‘m ajratildi.

Bolalarni oromgoxlarda dam oldirish va soglomlashtirish 4- va 5- smenalarda ham davom ettiriladi.

Print Friendly, PDF & Email