O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati kengashiga Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi, “Chinoz textile” MCHJ ip yigiruv fabrikasida 2023-yil sentabr oyiga qadar ishlagan fuqaro Doniyor Yusupovdan 2023-yil sentabr oyi uchun ish haqini bugungi kunga qadar ololmaganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga ko’ra, «Bir murojaat — natija» tamoyili asosida O’zbekiston Kasaba uyushmalari Falederatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining mehnat inspeksiyasi xodimlari “Chinoz textile” MCHJda mehnat qonunchiligiga rioya qilish holati bilan tanishdi. Fuqaro D.Yusupovning murojaati yuzasidan korxona rahbariyati bilan huquqiy muzokaralar olib borilib, fuqaroga 2023-yil sentabr oyi uchun to’lanmagan ish haqi undirib berildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: