Bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga mavsumning ikkinchi navbatida dam olish uchun kuzatib qo‘yildi

Kengash yangiliklari

Bugun «O‘zbekko‘mir» AJ xodimlari farzandlarining navbatdagi katta bir guruhi «Koinot» bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga mavsumning ikkinchi navbatida dam olish uchun kuzatib qo‘yildi.

Ohangaron tumanining so‘lim Chetsuv qishlog‘i hududida joylashgan ushbu oromgoh shu yilning 19 iyun kuni bu yilgi ilk dam oluvchilarini o‘z bag‘riga olgan edi. Bugun oromgoh ikkinchi navbatini boshlamoqda.

Oromgohning mavsum davomida to‘rt navbatda faoliyat ko‘rsatishi va ming nafar o‘g‘il-qiz hordiq chiqarishi rejalashtirilgan.


 

Print Friendly, PDF & Email