Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda Boʻstonliq tumani hokimligi tomonidan “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da yoshlar tomonidan bildirilgan 10 dan ortiq murojaatlarga joyida yechim topildi, shuningdek, bir qancha murojaatlar tegishliligi boʻyicha tashkilot va muassasalarga ijro uchun yoʻnaltirildi.
Samimiy muloqot tarzida davom ettirilgan uchrashuv yakunida Kengash raisi S.Fayziyeva hamda Boʻstonliq tumani hokimi J.Ahmedovlar tomonidan uchrashuvda ishtirok etgan bir guruh sportchilardan — 2 karra jahon chempioni, Olimpiya o’yinlari g’olibi A.Djurayev, Osiyo Kvalifikatsiyasi gʻolibi Sh.Mahkamov, Osiyo chempionlari F.Toʻlaganov va A.Bukanovlar esdalik sovg’lari hamda tizimning yoshlar birlashmalarida faoliyat olib borayotgan kasaba uyushmasining yosh a’zolari esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Bo’stonliq tumanining 45 nafar faol yoshlariga “Oʻzbekiston bo’ylab sayohat qil!” shiori ostida Samarqand shahriga 2 kunlik sayohat vaucheri taqdim etildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: