- Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat Kengashi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha 2023-2025 HUDUDIY JAMOA KELISHUVI
- Barcha uchun ijtimoiy adolat. Bolalar mehnatiga chek qo‘yaylik!
- Talaba bo‘lish istagidagi xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi
- Majburiy mehnat barham topadi
- Ishchi-xodimlarining oila a’zolari o’rtasida «Mening mustahkam oilam» shiori ostida spartakiada musobaqalari o’tkazildi.
Barcha uchun ijtimoiy adolat. Bolalar mehnatiga chek qo‘yaylik!
14.06.2023Bolalik inson hayotining quvonchu shodlikka, baxtiyor damlarga to‘la davri hisoblanadi. Mana shu davrning qanday o‘tishi uning kelajagini belgilab beradi. Bolalarning ko‘zlari quvonchu sho‘xlikka, baxtiyorlikka to‘la bo‘lishi uchun bugun dunyolarni berishga tayyormiz. Ularning orzulari armonga aylanmasligi uchun imkoniyatlar yaratib beramiz.
Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 12 iyun dunyoning barcha mamlakatlarida “Butun jahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni” sifatida keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan “Barcha uchun ijtimoiy adolat. Bolalar mehnatiga chek qo‘yaylik!”. Bu yilgi tadbirlar ayni shior ostida Toshkent viloyati Bo‘stonliqf tumanida joylashgan “Nihol” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Lola Xolmo‘minova Xushbakovna, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Nilufar Komilova Nishanbaevnalar mehmon sifatida ishtirok etishdi.
Tadbir bolajonlar ishtirokida “Besh tashabbus” doirasidagi musobaqalar tarzida o‘tkazildi. Unda “Baxtli bolalik” mavzusida qog‘ozga rasm chizish, “O‘zbekiston Baxtli bolalar mamlakati” mavzusida Asfaltga rasmlar chizish, mohir qo‘llar Sport yo‘nalishida esa, shaxmat va shashka musobaqalari hamda stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib g‘oliblar aniqlanadi. Hamda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan sovg‘alar taqdim etildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: