«Sog‘lom tanda – sifatli taʼlim» shiori ostida sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Uncategorized

13 mart kuni Angren shahar 4-umumiy o‘rta taʼlim maktabida «Sog‘lom tanda – sifatli taʼlim» shiori ostida o‘qitvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarining 1-bosqich yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda 4 ta sektor kesimida sportning minifutbol, voleybol, shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha 1-,2-,3- o‘rinni egallagan xodimlar ishtirok etishdi.

1-bosqichda 43 ta  umumiy o‘rta taʼlim maktabdan 941 nafar o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Angren shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan jami 289 nafar sovrindorlarga esdalik sovg‘alari va diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

 Tadbirda Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Angren shahar bo‘linmasi kengashi raisi B.Yuldashev, Angren shahar Xalq taʼlimi bo‘limi mudiri O.Egamberdiyev ishtirok etdi va sovrindorlarni taqdirladi.

Print Friendly, PDF & Email