A’zo tashkilotlar

1. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga aʼzo bo‘lgan tarmoq kasaba uyushmalarining viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar), tuman, shahar kengashlari, birlashgan qo’mitalar, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari tegishlicha Kengashning aʼzo tashkilotlari hisoblanadilar.

Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari tuman, shahar tashkilotlarini chetlab o‘tib hududiy Kengashlarga aʼzo bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, tuman, shahar tashkilotlari bo‘lmagan kasaba uyushmalari bundan mustasno.

Yangi tashkil etilgan va belgilangan tartibda tarmoq kasaba uyushmasi tarkibiga kiritilgan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari ayni vaqtda tegishli hududiy Kengash aʼzoligiga ham kirgan hisoblanadi.

2. Mazkur Nizom talablariga rioya qilmaydigan yoki birlashma manfaatlari hamda maqsadlariga zid ravishda ish olib boradigan, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, birlashma saylanma organlarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid ravishda faoliyat ko‘rsatayotgan aʼzo tashkilotlar birlashma aʼzoligidan chiqarilishlari mumkin.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga aʼzo bo‘lgan tarmoq kasaba uyushmasining hududdagi tashkiloti birlashma aʼzoligidan chiqqan yoki chiqarilganda bu haqda viloyat Kengashi va tegishli kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo’mitalarining qo‘shma qarori qabul qilinib, Federatsiya Kengashi Ijroiya qo’mitasining tasdig‘iga kiritiladi. Mazkur masala bo‘yicha uzil-kesil qaror Federatsiya Kengashi Ijroiya qo’mitasi tomonidan qabul qilinadi.

3. Aʼzo tashkilotlar birlashma aʼzoligidan chiqqanlarida yoki chiqarilganlarida moliyaviy yoki mulkiy masalalar, tegishli kasaba uyushmasi Respublika kengashi va Birlashma kengashi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Masʼul tashkilotchilar:

1. O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha masʼul tashkilotchisi – Akramov Alisher (Toshkent yo‘li ko‘chasi 18-uy, Tel: 97-753-65-64)

2. O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalar xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha masʼul tashkilotchisi – Mirzayev Baxodir Nagmatovich (Toshkent yo‘li ko‘chasi 18-uy, Tel: 99-577-14-94)

3. O‘zbekiston Respublikasi Taʼlim, fan va xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha masʼul tashkilotchisi – Gaziyeva Ravshanoy Yunusovna  (Toshkent yo‘li ko‘chasi 18-uy, Tel: 99-507-14-54)

4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash xodimlari Respublika Kengashining Toshkent viloyati Kengashi raisi – Ataxodjayev Ziyodillaxon Muzaffarovich  (Toshkent yo‘li ko‘chasi 18-uy, Tel: 93-855-70-07)

5. O‘zbekiston Respublikasi Metallurgiya va mashinasozlik  xodimlari Respublika Kengashining Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha masʼul tashkilotchisi – Xojimurodov Sherali Raxmatulla o’g’li (Toshkent yo‘li ko‘chasi 18-uy, Tel: 94-660-49-90)

6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati Kengashi raisi – Komilova Nilufar  (Toshkent yo‘li ko‘chasi 18-uy, Tel: 827-67-77)

7. Transport, yo‘l va kapital qurilishi, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi, viloyat birlashgan qo‘mitasi raisi — Alikulov Jahongir (Toshkent shahar, Buxoro ko‘chasi-24 uy, Tel: 90-976-41-32)

8. O’zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi — Tojiboyev Rustam Baxromovich (Toshkent yo‘li ko‘chasi 18-uy, Tel: 97-444-90-01)

Print Friendly, PDF & Email