{"id":6891,"date":"2025-08-01T18:03:14","date_gmt":"2025-08-01T13:03:14","guid":{"rendered":"http:\/\/sub.kasaba.uz\/toshvil\/?p=6891"},"modified":"2025-08-01T18:07:34","modified_gmt":"2025-08-01T13:07:34","slug":"ozbekiston-kasaba-uyushmalari-federatsiyasining-toshkent-viloyati-kengashi-ix-konferensiyasi-bolib-otdi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/?p=6891","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi IX konferensiyasi bo&#8217;lib o&#8217;tdi"},"content":{"rendered":"\n<p style=\"text-align: justify\">O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashining IX hisobot-saylov konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o\u2018rinbosari Baxtiyor Mahmadaliyev, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari va boshqalar ishtirok etdilar.<\/p>\n<p><img src=\"https:\/\/admin.ishonch.uz\/media\/dropzone\/news\/2025\/7\/26\/dxrnlquupbajtmlnbrvopnnrtrxsim9_8_57.jpg.1500x1500_q85.webp\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Dastlab kun tartibidagi qator masalalar ko\u2018rib chiqilib, viloyat kengashining 2021-2025 yillardagi faoliyati tahlil qilindi. Kengash raisi Sayyora Fayziyevaning ma\u2019ruzasi ting\u00adlandi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" class=\"alignleft wp-image-6892 size-full\" src=\"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/sites\/7\/2025\/08\/IMG_1583-scaled.jpg\" alt=\"\" width=\"2560\" height=\"1707\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Qayd etilganidek, bugungi kunda viloyatdagi 3 ming 263 ta kasaba uyushmasi tashkiloti 584 ming 134 nafar a\u2019zoni qamrab olgan. Kasaba uyushmasiga jalb etilgan yangi tashkilotlar soni 2020 yilga nisbatan 986 taga, a\u2019zolar soni esa 245 ming 615 nafarga ko\u2018paygan. A\u2019zolik afzallik\u00adlarini targ\u2018ib etish natijasida 2024 yilda 100 ming nafardan ortiq xodim a\u2019zolikka jalb etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">2020 yilda korxona, tashkilot va muassasalarda qabul qilingan jamoa shartnomalarining bandlari 98,5 foizga bajarilgan bo\u2018lsa, 2024 yilda bu ko\u2018rsatkich 99,5 foizga yetgan. Davlat \u00addasturlarida belgilangan vazifalar doirasida o\u2018tgan davrda jamoa shartnomalari orqali kasaba uyushmalari tomonidan kam ta\u2019minlangan oila vakillari, nafaqa yoshiga yetgan xodimlar, nogironligi bor shaxslar hamda mehnat jamoalarida band bo\u2018lgan xotin-qizlarni qo\u2018llab-quvvatlash ishlariga 10 milliard so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 sarflandi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-full wp-image-6899\" src=\"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/sites\/7\/2025\/08\/IMG_2185-scaled.jpg\" alt=\"\" width=\"2560\" height=\"1707\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Kambag\u2018allikni qisqartirish va bandlik bosh\u00adqarmasi va uning joylardagi bo\u2018limlari bilan hamkorlikda 2 mingga yaqin mehnat yarmarkalari o\u2018tkazilib, mavjud vakant o\u2018rinlarga 16 ming 653 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Hisobot davrida 5 ming 800 ta korxona, tashkilot va muassasada monitoring o\u2018tkazilib, 33 milliard so\u2018mdan ziyod ish haqidan qarzdorlik bartaraf etildi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" class=\"size-full wp-image-6893 aligncenter\" src=\"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/sites\/7\/2025\/08\/photo_2025-07-25_15-05-12-4.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Ishchi-xodimlarga munosib shart-sharoitlar yaratish, baxtsiz hodisalar, kasb kasalliklarining oldini olish yuzasidan 2015 ta o\u2018quv-seminar va davra suhbatlari o\u2018tkazildi. Shuning\u00addek, 2 mingga yaqin korxona va tashkilotda jamoatchilik nazorati amalga oshirilib, qariyb ikki yarim mingdan ortiq kamchilik aniqlanib, ish beruvchilarga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritildi. Natijada 47 ming nafardan ortiq shaxsning haq-huquqlari tiklandi va xodimlar foydasiga 7 milliard so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 undirilishiga erishildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish maqsadida paxta yig\u2018im-terimi mavsumi davomida shakllantirilgan Milliy monitoring guruhi tomonidan terimchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o\u2018rganilib, 2000 nafardan ziyod terimchining 3 milliard so\u2018mga yaqin kechiktirilgan paxta pullari to\u2018lab berilishida amaliy yordam ko\u2018rsatildi. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya\u00adsining tashrif qog\u2018oziga aylangan xotin-qizlarni qo\u2018llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta\u2019minlash, xususan, \u00abAyollar daftari\u00bb yo\u2018nalishida ham e\u2019tirof etishga arzigulik vazifalar bajarildi. Ya\u2019ni \u00abAyollar daftari\u00bbning 1-6-bosqichlarida jami 392 ming 302 nafar xotin-qizning turmush sharoiti o\u2018rganilib, ularga tegishliligi bo\u2018yicha amaliy yordam ko\u2018rsatildi. Ushbu ishlarga 379 milliard 400 million so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 yo\u2018naltirildi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-full wp-image-6894\" src=\"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/sites\/7\/2025\/08\/photo_2025-07-25_16-41-38-4.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Turizmni rivojlantirish yo\u2018lida keng ko\u2018lamli islohotlar olib borilmoqda. Yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, \u00abO\u2018zbekiston bo\u2018ylab sayohat qil!\u00bb shiori doirasida 200 nafar mehnatkash va ularning oila a\u2019zolari mamlakatimizdagi diqqatga sazovor \u00admaskanlarni ziyo\u00adrat qilishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Sport-sog\u2018lomlashtirish ishlari kasaba uyushmalarining doimiy diqqat e\u2019tiborida bo\u2018lib, tizimdagi tashkilotlar tomonidan \u00abSalomatlik spartakiadasi\u00bb, \u00abSog\u2018lom turmush sari\u00bb, \u00abBesh tashabbus olimpiadasi\u00bb, \u00abSog\u2018lom tanda \u2013 sifatli ta\u2019lim\u00bb shiori ostida 6 mingga yaqin sport tadbirlari va musobaqalar tashkil etilib, ularda 252 mingga yaqin ishchi-xodimning ishtiroki ta\u2019minlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Hisobot davrida jami 227 ming nafarga yaqin bola sog\u2018lomlashtirildi. Ushbu maqsadga ijtimoiy sug\u2018urta, kasaba uyushmalari, xo\u2018jalik organlari, ota-onalar va homiylik mablag\u2018lari hisobidan 90 milliard 800 million so\u2018m mablag\u2018 sarflandi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni sog\u2018lomlashtirishga alohida e\u2019tibor qaratilib, birgina 2024 yilda 1 ming 700 nafardan ortiq o\u2018g\u2018il-qiz tasarrufdagi oromgohlarda dam olib qaytishdi.<\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-full wp-image-6895\" src=\"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/sites\/7\/2025\/08\/photo_2025-07-25_16-41-41.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan o\u2018tkazilgan saylovlarda Sayyora Fayziyeva viloyat kengashi raisi, O\u2018tkir Rashidov va Lola Xolmo\u2018minova rais o\u2018rinbosari lavozimiga saylandi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-full wp-image-6897\" src=\"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/sites\/7\/2025\/08\/IMG_3220-scaled.jpg\" alt=\"\" width=\"2560\" height=\"1707\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-full wp-image-6896\" src=\"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/sites\/7\/2025\/08\/IMG_3255-scaled.jpg\" alt=\"\" width=\"2560\" height=\"1707\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">\u2013 O\u2018tgan davrda oldimizga qo\u2018ygan maqsad va vazifalarga erishdik, deb aytishga asosimiz bor, \u2013 dedi Sayyora Fayziyeva. \u2013 Oldinda qiladigan ishlarimiz bisyor, rejalar ko\u2018p. Xususan, yaqin yillar ichida viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarini kasaba uyushmalariga jalb qilish, bu orqali a\u2019zolar sonini bir millionga yetkazish niyatidamiz. Muxtasar aytganda, mehnatkashlar ishonchini oqlash uchun astoydil harakat qilamiz.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-full wp-image-6898\" src=\"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/sites\/7\/2025\/08\/IMG_3346-scaled.jpg\" alt=\"\" width=\"2560\" height=\"1707\" \/><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashining IX hisobot-saylov konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o\u2018rinbosari Baxtiyor Mahmadaliyev, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari va boshqalar ishtirok etdilar. Dastlab kun tartibidagi qator masalalar ko\u2018rib chiqilib, viloyat kengashining 2021-2025 yillardagi faoliyati tahlil qilindi. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":7,"featured_media":6894,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[1,75,4,2],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6891"}],"collection":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/7"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=6891"}],"version-history":[{"count":3,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6891\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6906,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/6891\/revisions\/6906"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/6894"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=6891"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=6891"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=6891"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}