{"id":4531,"date":"2024-07-11T14:49:19","date_gmt":"2024-07-11T09:49:19","guid":{"rendered":"http:\/\/sub.kasaba.uz\/toshvil\/?p=4531"},"modified":"2024-07-25T11:31:34","modified_gmt":"2024-07-25T06:31:34","slug":"vatan-vatanimizga-munosib-jurnal","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/?p=4531","title":{"rendered":"\u201cVATAN\u201d VATANIMIZGA MUNOSIB JURNAL"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi muassisligida chop etilayotgan yangi nashrdagi \u201cVatan\u201d jurnalining birinchi sonini qo\u2018limga olganimda, muqovadagi \u201cO\u2018zbek kelayotir&#8230;\u201d degan so\u2018zlarni o\u2018qib, o\u2018zgacha his tuyganman. Ayniqsa, undan keyingi sahifada ozar shoiri Akif Bag\u2018irning shu nomli she\u2019rini to\u2018liq o\u2018qib chiqib, vujudimda allanechuk titroq sezdim.<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Jurnal sahifalaridan o\u2018rin olgan \u2013 \u201cO\u2018zbekiston qahramoni\u201d, O\u2018zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning \u00a0\u00a0\u201cImtihon\u201d, Abdurauf Fitratning \u201cYurt qayg\u2018usi\u201d, Cho\u2018lponning \u201cGo\u2018zal Turkiston\u201d nomli misralari-yu, Osman Mestenning \u201cO\u2018zbekiston buyuk Turkistonning qalbidir\u201d kabi she\u2019rlar bilan boshlanganligining o\u2018ziyoq, ona vatanimizning o\u2018tmishi, buguni va kelajagini ko\u2018ra olgan bu ma\u2019rifat peshvolarining Vatanga bo\u2018lgan mehr-muhabbatini his qilishga undaydi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Ijtimoiy-siyosiy jabhalarda O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev \u00a0tomonidan xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksaklarga ko\u2018tarish yo\u2018lida olib borilayotgan ishlar, yangidan-yangi ezgu maqsadlar hech birmizni befarq qoldirmasligi aniq.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo\u2018ldoshning \u201cBuzilmas qo\u2018rg\u2018on\u201d nomli maqolasini o\u2018qiganimda, ayni paytda jamiyatda o\u2018zbek tilining har doimgidan ham ko\u2018proq himoyaga muxtojligi haqida yozganlari o\u2018ylantirdi. Darhaqiqat, maqolada yozilganidek, bugun milliy tildan foydalanishda ommaviy beparvolik, saviyasizlik matnlarda, so\u2018zlashuvlarda ko\u2018p kuzatilyapti. Uyg\u2018oq qalb bilan yozilgan ushbu maqola menda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, Michigan universiteti professori Temur Xo\u2018jao\u2018g\u2018lining \u201cMen Vatanda emasman, Vatan mening ichimda\u201d maqolasi, taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonning \u201cOnamning yurti\u201d hikoyasini maroq bilan o\u2018qidim. Umuman, jurnal sahifalaridan joy olgan turli ma\u2019rifiy-madaniy, tarixiy maqolalar kishida o\u2018zgacha tassurotlar qoldirishi shubhasiz.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Yaqinda qo\u2018limizga yetib kelgan jurnalning 2-sonida chop etilgan, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning oz muddat bo\u2018lsada, hayoti va ijodi yo\u2018lida boshidan o\u2018tkazgan kechinmalari, ona vatan sog\u2018inchida Saudiya Arabistoni, Liviya davlatlarida bir necha yillar mobaynida yashaganlarini o\u2018qib, ta\u2019sirlandim. Ayniqsa, O\u2018zbekistonda qolgan, vafot etgan volidasini so\u2018nggi yo\u2018lga kuzatolmaganlari, o\u2018sha vaqtda qizlari Odinaxonga \u201cQizim, boshimni silagin, sening qo\u2018llaring onamning qo\u2018llariga o\u2018xshaydi\u201d deya o\u2018ksib yig\u2018lagan paytlarini o\u2018qib ko\u2018zimga yosh keldi. Buyuk shayxning musofir yurtlarda chekkan zahmatlari, Vatan sog\u2018inchi, pinhon tutgan ko\u2018z yoshlari haqida o\u2018qigan odam beixtiyor o\u2018sha onga guvoh bo\u2018lgandek his qiladi o\u2018zini. Xalqimizga muqaddas dinimizni to\u2018g\u2018ri anglatishga katta hissa qo\u2018shgan, \u201cTafsiri Hilol\u201d, \u201cHadis va hayot\u201d turkumini bitgan shayx xazratlaridan umrbod minnatdor bo\u2018lamiz.<\/p>\n<figure>\n<div class=\"figure_wrapper\"><img src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/b48037f51dd35e4aa9bb3.jpg\" \/><\/div>\n<figcaption class=\"editable_text\" dir=\"auto\" data-placeholder=\"Caption (optional)\"><\/figcaption>\n<\/figure>\n<p dir=\"auto\">Toshkent viloyati farzandi bo\u2018lganim uchun, taniqli jurnalist G\u2018ayrat Sheralievning \u201cO\u2018tmish va kelajak chorrahasi\u201d maqolasi ham meni befarq qoldirmadi. Unda Olmaliq, Ohangaron, Bo\u2018ka va Oqqo\u2018rg\u2018on kengliklarining qadimda Iloq davlati bo\u2018lgani, Olmaliqdagi konning o\u2018sha davrlarda ham mashhurligi, hatto zarb etilgan tangalarga ham \u201cShosh koni\u201d deya yozuvlar bitilganligi va boshqa ma\u2019lumotlar men uchun yangilik bo\u2018ldi. Bu ma\u2019lumotlardan so\u2018ng, Olmaliqdagi ishlarning bugungi ko\u2018rinishidan kelib chiqib, haqiqatdan ham u yerlar tarix va kelajak tutashgan yerlar ekaniga amin bo\u2018ldim. Ha, ushbu ma\u2019danlarga boy konga bugungi kunda Davlatimiz rahbarining shaxsan o\u2018zlari katta e\u2019tibor qaratyapti. Ayni paytda ishlab chiqarishning kengayishi, konning nufuzi ortishi bilan bir qatorda, necha minglab ishchi-xodimlar ro\u2018zg\u2018orini butlab, oilasini boqmoqda. Bu shaharda faoliyat yuritayotgan uchta yirik oliygohlar ham hudud yoshlarining ilm olishi, aynan yuqoridagi sohalarda yetuk mutaxassislar etib tayyorlanayotgani kishida faxr tuyg\u2018usini oshiradi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Yana bir men uchun yangilik bo\u2018lgan ma\u2019lumotlarga ko\u2018zim tushdi. Bir asr oldin Vatan ozodligi, ilmu-ma\u2019rifat uchun kurashgan ko\u2018plab buyuk shaxslarni va ayniqsa, ularning ayanchli taqdirlari, keyinchalik oqlanganlari haqida o\u2018qiganman. Shu jumladan, Shermuhammadbek qo\u2018rboshi haqida ham. Ammo uning nabirasi Osmanbekning ayni paytda Turkiya davlatida yashashi, bobosi to\u2018g\u2018risida ma\u2019lumotlar berishi men uchun kutilmagan voqealardan biri bo\u2018ldi. Asli to\u2018g\u2018riso\u2018z, jasoratli, mard bo\u2018lgan Shermuhammadbekning o\u2018z yurtida bosmachi, kallakesar va zolim bir to\u2018daboshi sifatida tamg\u2018a qo\u2018yilganligi kishini o\u2018yga toldiradi.\u00a0Osmanbekning bobosi haqida keltirganlari, ayniqsa, \u201cBobom bizga Vatan va millat ishqini meros qilib qoldirdi\u201d degan so\u2018zlari u kishiga nisbatan yanada dilimga faxru iftixorni joyladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Men \u201cVatan\u201dning har bir sahifasini maroq bilan o\u2018qidim. Shu boisdan ham, bu maqolani hali uzoq davom ettirish mumkin. Undagi har bir sarlavha, teran mazmunga ega maqolalar menga manzur bo\u2018lmoqda. Sevimli jurnalimning keyingi sonlarini ham intiqlik bilan kutaman.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>Nursulton BEKTOSHEV,<br \/><\/strong><em style=\"font-size: inherit\">Toshkent viloyati Kengashi Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini \u00a0himoya qilish bo\u2018limi mudiri<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi muassisligida chop etilayotgan yangi nashrdagi \u201cVatan\u201d jurnalining birinchi sonini qo\u2018limga olganimda, muqovadagi \u201cO\u2018zbek kelayotir&#8230;\u201d degan so\u2018zlarni o\u2018qib, o\u2018zgacha his tuyganman. Ayniqsa, undan keyingi sahifada ozar shoiri Akif Bag\u2018irning shu nomli she\u2019rini to\u2018liq o\u2018qib chiqib, vujudimda allanechuk titroq sezdim. Jurnal sahifalaridan o\u2018rin olgan \u2013 \u201cO\u2018zbekiston qahramoni\u201d, O\u2018zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning \u00a0\u00a0\u201cImtihon\u201d, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":7,"featured_media":4532,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[2],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4531"}],"collection":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/7"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=4531"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4531\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4534,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4531\/revisions\/4534"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/4532"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=4531"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=4531"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=4531"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}