{"id":4402,"date":"2024-03-13T17:20:50","date_gmt":"2024-03-13T12:20:50","guid":{"rendered":"http:\/\/sub.kasaba.uz\/toshvil\/?p=4402"},"modified":"2025-01-24T10:53:33","modified_gmt":"2025-01-24T05:53:33","slug":"mehnat-muhofazasi-mutaxassislari-xojakorsinga-tayinlanganmi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/?p=4402","title":{"rendered":"Mehnat muhofazasi mutaxassislari xo\u2018jako\u2018rsinga tayinlanganmi?"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>Jo\u2018rabek Islombekov, So<\/strong><strong>g\u2018<\/strong><strong>li<\/strong><strong>q<\/strong><strong>ni<\/strong> <strong>sa<\/strong><strong>q<\/strong><strong>lash<\/strong> <strong>xodimlari<\/strong> <strong>kasaba<\/strong> <strong>uyushmasining<\/strong> <strong>Toshkent<\/strong> <strong>viloyati<\/strong> <strong>bo\u2018yicha<\/strong> <strong>me<\/strong><strong>h<\/strong><strong>nat<\/strong> <strong>texnik<\/strong> <strong>inspektori<\/strong><strong>:<\/strong><\/p>\n<p><img src=\"https:\/\/telegra.ph\/file\/5c861b270096983e0e11b.jpg\" \/><\/p>\n<p>\u2014 Mehnat texnik inspektorining asosiy ishi o\u2018z nomidan ham ma\u2019lum, ish joylaridagi mehnat muhofazasi belgilangan me\u2019yorlarga amal qilgan holda yaratilganligi nazoratini olib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib, xodimlar salomatligi va manfaatlarini himoya qilish.<\/p>\n<p>Biz maxsus farmoyishga muvofiq joylardagi tibbiyot tashkilotlariga chiqib, mana shu omillarni va albatta, ish beruvchi hamda xodimlarning majburiy sug\u2018urtalanganligi, nogironligi bor bo\u2018lgan shaxslarga berilgan imtiyozlardan to\u2018la foydalanish holatlarini monitoring qilamiz.<\/p>\n<p>Ayniqsa, tibbiyot tizimida zararli omillar bilan ishlovchi, jumladan, ichki dorixonalar, qon tahlillari laboratoriyalari va yuqumli kasalliklar shifoxonalarida ishlaydiganlar ko\u2018p. Bunday ishchilarga albatta qo\u2018shimcha imtiyozlar va ustamalar to\u2018lanishi, ular sut mahsulotlari hamda maxsus himoya vositalari, kiyim-bosh bilan ta\u2019minlanishi shart. Viloyatda jami 89 ta ana shunday sharoitlarda ishlovchi tibbiyot tashkilotlari bor.<\/p>\n<p>Agar ishlab chiqarish va zararli omillar bilan ishlaydigan tashkilotda 50 nafar kishidan ortiq odam mehnat qilsa, u yerda albatta mehnat muhofazasi bo\u2018yicha mutaxassis bo\u2018lishi kerak. Bunday mutaxassis ba\u2019zi tashkilotlarda bor, ba\u2019zilarida yo\u2018q. Ba\u2019zan esa, bu vazifa qaysidir xodimga qo\u2018shimcha yuklatilgan bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Hozir o\u2018rganishlarimiz jarayonida ko\u2018pgina mehnat muhofazasi mutaxassislari xo\u2018jako\u2018rsinga tayinlanganiga guvoh bo\u2018lyapmiz. Ular o\u2018qitilmagan, malakasi ham oshirilmagan. Yoki bo\u2018lmasa, zararli omillarda ishlayotganlarga sut mahsulotlari berilmayotgani va maxsus kiyim-bosh bilan ta\u2019minlanmayotgani aniqlanadi. Bu esa, ishga e\u2019tiborsizlik va mas\u2019uliyatsizlikdan boshqa narsa emas.<\/p>\n<p>Ba\u2019zan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf qilishni talab qilsak, ish beruvchilar bu narsalar moliyaviy muammolarga borib taqalishini aytishadi. Moliya tashkilotlari bilan gaplashsak, bunga hech qanday e\u2019tirozlari yo\u2018qligini bildirishadi.<\/p>\n<p>Bu yerda gap shundaki, ish beruvchilarning aksariyati ko\u2018p sonli insonlar salomatligi va hayotining muhofazasi uchun bu zarurat ekanligini va qat\u2019iy normalar asosida belgilab qo\u2018yilganligini tushuntirishning uddasidan chiqishmaydi. O\u2018z-o\u2018zidan bu holatlarning huquqiy normativlardan to\u2018la xabardor bo\u2018lmaslik va e\u2019tiborsizlik sababli yuz berayotganligini anglash qiyin emas.<\/p>\n<p>Tibbiyot tashkilotlaridagi ish beruvchilar tomonidan mehnat muhofazasi bo\u2018yicha mutaxassislarning ish o\u2018rni va vazifasi aniq qilib belgilab qo\u2018yilsa va ularning belgilangan vaqtlarda malakasi oshirib borilishiga jiddiyroq e\u2019tibor berilsa, maqsadga muvofiq bo\u2018lardi.<\/p>\n<p>\u00a0 <strong>\u201cISHONCH\u201d muxbiri Xolida EGAMBERDIEVA su<\/strong><strong>h<\/strong><strong>batlashdi<\/strong><strong>.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jo\u2018rabek Islombekov, Sog\u2018liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Toshkent viloyati bo\u2018yicha mehnat texnik inspektori: \u2014 Mehnat texnik inspektorining asosiy ishi o\u2018z nomidan ham ma\u2019lum, ish joylaridagi mehnat muhofazasi belgilangan me\u2019yorlarga amal qilgan holda yaratilganligi nazoratini olib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib, xodimlar salomatligi va manfaatlarini himoya qilish. Biz maxsus farmoyishga muvofiq joylardagi tibbiyot tashkilotlariga chiqib, mana [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":7,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[2],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4402"}],"collection":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/7"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=4402"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4402\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4403,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4402\/revisions\/4403"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=4402"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=4402"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=4402"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}