{"id":1692,"date":"2017-03-06T10:09:20","date_gmt":"2017-03-06T05:09:20","guid":{"rendered":"http:\/\/sub.kasaba.uz\/toshvil\/?p=1692"},"modified":"2017-03-06T10:17:46","modified_gmt":"2017-03-06T05:17:46","slug":"arzon-uy-joyga-ega-bo-lmoqchimisiz-unda-siz","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/?p=1692","title":{"rendered":"Arzon uy-joyga ega bo\u2019lmoqchimisiz, unda siz\u2026"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify\"><img loading=\"lazy\" class=\"size-medium wp-image-1693 alignleft\" src=\"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/sites\/7\/2017\/03\/14836009718-300x194.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"194\" \/>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi \u00ab2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo\u2018yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qaroriga asosan, aholiga yanada qulay imkoniyat va sharoit yaratish maqsadida arzon, zamonaviy, shinam, imtiyozli ipoteka krediti asosida beriladigan uy-joylar qurishga kirishilmoqda. Xususan, joriy yilda mamlakatimiz qishloq massivlarida 15 mingta ana shunday turarjoy barpo etiladi.<!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Bu uylarni olish tartibi qanday? Ular kimlarga beriladi? Buning uchun qanday hujjatlar zarur bo\u2018ladi?<br \/>\nMilliy matbuot markazida bo\u2018lib o\u2018tgan matbuot anjumanida ATB \u00abQishloq qurilish bank\u00bb boshqaruv raisining birinchi o\u2018rinbosari Akbar ESHONQULOV shular xususida atroflicha ma\u2019lumot berdi.<br \/>\nTanlang: uylar uch xil Yakka tartibdagi uy-joylar namunalarining uch turini barpo etish nazarda tutilgan:<br \/>\n\u2014 xo\u2018jalik imoratlari va obod hovlilari bo\u2018lgan ikki, uch qavatli ko\u2018p kvartirali (2, 3 xonali) uylar;<br \/>\n\u2014 aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar bo\u2018lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar;<br \/>\n\u2014 hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,04 gektar bo\u2018lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylarni o\u2018z ichiga oladi.<br \/>\nAmaldagi namunaviy uylar (6 sotixli)ning ham qurilishi davom ettiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Maydoni va narxi<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Uy-joyning birinchi turi bo\u2018yicha umumiy maydoni 42,4 kvadrat metr bo\u2018lgan ikki xonali kvartiralarning taxminiy qiymati 72,5 million so\u2018m, xo\u2018jalik imoratlari bilan hisobga olingan holda 85 million so\u2018m bo\u2018lishi rejalashtirilmoqda. O\u2018z navbatida, uch xonali kvartiralarning maydoni 52,4 kvadrat metr va o\u2018rtacha narxi 88,5 million so\u2018m, xo\u2018jalik imoratlari hisobga olinganda 100,7 million so\u2018m bo\u2018ladi.<br \/>\nBu uylarni qurishda kvartiralar egalarining talab va istaklarini inobatga olgan holda hovlida joylashadigan imoratlar \u2014 bolalar maydonchalari, dam olish uchun ayvonlar, dush va boshqalar qurish nazarda tutiladi.<br \/>\nUy-joyning ikkinchi turiga muvofiq, aholi zich joylashgan tumanlarda 2 sotix maydondagi yer uchastkasida bir qavatli ikki va uch xonali arzon uylar bunyod etiladi. Bunday ikki xonali uyning umumiy maydoni 53 kvadrat metr va taxminiy qiymati 93,8 million so\u2018m (101,5 million so\u2018m \u2014 xo\u2018jalik imoratlari bilan). Uch xonali esa 63,5 kvadrat metr va o\u2018rtacha 111 million so\u2018m (118,7 million so\u2018m \u2014 xo\u2018jalik imoratlari hisobga olingan holda). Uylarning hovlisida xo\u2018jalik imoratlari qurish mo\u2018ljallangan.<br \/>\nUchinchi turi. Ular 4 sotix yer uchastkasida barpo etiladigan, umumiy maydoni 115 kvadrat metr, yagona blokka birlashtiriladigan ikki qavatli to\u2018rt xonali uylardir. Narxi 162 million so\u2018m, xo\u2018jalik imoratlari bilan 181,8 million so\u2018mni tashkil etadi.<br \/>\nMoliyalashtirish Uy-joy qurilishini moliyalashtirishda quyidagi manbalardan foydalaniladi:<br \/>\naholining o\u2018z mablag\u2018i, ya\u2019ni boshlang\u2018ich badal. Bunda uy-joyga talabgor fuqarolarning dastlabki badali quyidagi miqdorlarni tashkil etadi:<br \/>\n15 foiz \u2014 ikki, uch qavatli ko\u2018p kvartirali (2-3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli (2 sotixli) uylar uchun;<br \/>\n25 foiz \u2014 4 sotixli (ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan) va 6 sotixli uylar uchun.<br \/>\n\u2014 yakuniy badal.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Mahalla vakolati<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar toifasiga \u2014 hovlidagi imoratlar va obod hovlilar bilan birgalikda ikki, uch qavatli ko\u2018pkvartirali (2-3 xonali) uylar va 0,02 gektar o\u2018lchamli yer uchastkalarida aholi zich tumanlarda joylashtiriladigan hovlisida imoratlari bo\u2018lgan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar kiritilgan.<br \/>\nMazkur uy-joylarga talabgorlarni fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari aniqlaydi. Ular uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo\u2018lgan oilalarni dastlabki tanlashni amalga oshiradi. Bunda uy-joyning birinchi va ikkinchi turiga talabgor fuqaroga tavsifnoma berish yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Shu orqali tizimning shaffofligi va ishonchliligi ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Tavsifnoma beriladi, agar\u2026<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Fuqarolarga tavsifnoma berganda fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organi quyidagi ijtimoiy mezonlarni hisobga oladi:<br \/>\na) ariza beruvchida mulk huquqi bilan turarjoyning yo\u2018qligi va turarjoyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz xonadonda yashashi;<br \/>\nb) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi;<br \/>\nv) ko\u2018p bolali;<br \/>\ng) oilaning kam ta\u2019minlangani;<br \/>\nd) bir yoki undan ortiq bola ota-onalardan biri (to\u2018liq bo\u2018lmagan oila) tomonidan tarbiyalanishi va boqilishi;<br \/>\nye) ariza beruvchining oila a\u2019zolari orasida surunkali kasallikning og\u2018ir turlaridan azob chekuvchi va Sog\u2018liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro\u2018yxatga muvofiq, alohida xonada yashashga muhtoj bo\u2018lgan shaxslarning mavjudligi;<br \/>\nj) ariza beruvchining oila a\u2019zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi;<br \/>\nz) uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normaga muvofiq emasligi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Kredit ajratish shartlari<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">\u2014 murojaat qilgan kunida 18 yoshga to\u2018lgan, qishloq joyda yashaydigan, kreditga layoqatli O\u2018zbekiston fuqarosi bo\u2018lishi;<br \/>\n\u2014 uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oila bo\u2018lishi (1 va 2-tipdagi uy-joy oluvchilari uchun);<br \/>\n\u2014 boshlang\u2018ich badalni to\u2018liq shakllantirgani (1 va 2-tipdagi uylar bo\u2018yicha uy-joy qiymatining 15 foizi, 3-tipdagi va 6 sotixli uylar bo\u2018yicha 25 foizdan kam bo\u2018lmagan miqdorda);<br \/>\n\u2014 eng kam ish haqining 1000 barobarigacha, (4 va 6 sotix yer maydonida quriladigan uy-joy bo\u2018yicha), shuningdek, qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining 75 foizi (3-tipdagi va 6 sotixli uy bo\u2018yicha) va 85 foizidan (1 va 2 \u2014 tipdagi uylar bo\u2018yicha) oshmagan miqdorda;<br \/>\n\u2014 imtiyozli foiz stavkasida;<br \/>\n\u2014 asosiy qarzni qaytarish bo\u2018yicha 3 yil muddatga imtiyozli davr bilan;<br \/>\n\u2014 15 yil muddatgacha kredit ajratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Taqdim etiladigan hujjatlar<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Bankdan kredit olish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:<br \/>\n\u2014 ariza;<br \/>\n\u2014 fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organining yozma tavsiyasi (1 va 2-turlari uchun);<br \/>\n\u2014 qarz oluvchi\/birgalikda qarz oluvchining pasport nusxasi;<br \/>\n\u2014 oila tarkibi to\u2018g\u2018risida yashash joyidan berilgan ma\u2019lumotnoma;<br \/>\n\u2014 qarz oluvchi\/birgalikda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;<br \/>\n\u2014 boshlang\u2018ich badal mablag\u2018i to\u2018liq shakllantirilgani to\u2018g\u2018risida ma\u2019lumotnoma;<br \/>\n\u2014 \u00abQishloq qurilish invest\u00bb injiniring kompaniyasi bilan buyurtmachi vazifasini bajarish uchun tuzilgan dastlabki shartnoma.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Imtiyoz va qulayliklar<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">Ushbu uy-joyga ega bo\u2018lgan jismoniy shaxslarga bir qancha qulaylik va imtiyozlar berilgan. Jumladan:<br \/>\n\u2014 uzoq muddatli kredit (15 yilgacha);<br \/>\n\u2014 kreditdan foydalanganlik uchun imtiyozli foiz stavkasi dastlabki 5 yil uchun 7 foiz va qolgan 10 yil davomida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi miqdorida belgilangan;<br \/>\n\u2014 jismoniy shaxslar va ular oila a\u2019zolarining (turmush o\u2018rtog\u2018i, ota-onasi, farzandlari) soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarining imtiyozli kredit mablag\u2018lar va ular bo\u2018yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo\u2018naltirilgan qismi daromad solig\u2018i to\u2018lanishidan ozod qilinadi;<br \/>\n\u2014 yakka tartibdagi uy-joy quruvchi bilan \u00abQishloq qurilish invest\u00bb o\u2018rtasida uy-joy qurishga buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish to\u2018g\u2018risida shartnoma imzolangandan keyin, unga yer uchastkasi tuman hokimi qarori bilan umrbod egalik qilish hamda meros qilib qoldiriladigan mulk tarzida rasmiylashtiriladi;<br \/>\n\u2014 2013-yil 1-yanvardan davlat dasturi doirasida qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni sotib olgan jismoniy shaxslar, ular tomonidan ipoteka kreditlari to\u2018liq qoplangunga qadar mulk solig\u2018i to\u2018lashdan ozod qilinadi;<br \/>\n\u2014 kreditning asosiy qarzi qaytarilishi bo\u2018yicha 3 yillik imtiyozli davr belgilangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify\">\u041c\u0430\u043d\u0431\u0430: kamolot.uz<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi \u00ab2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo\u2018yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qaroriga asosan, aholiga yanada qulay imkoniyat va sharoit yaratish maqsadida arzon, zamonaviy, shinam, imtiyozli ipoteka krediti asosida beriladigan uy-joylar qurishga kirishilmoqda. Xususan, joriy yilda mamlakatimiz qishloq massivlarida 15 mingta ana shunday turarjoy barpo etiladi.<\/p>\n","protected":false},"author":7,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[5],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1692"}],"collection":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/7"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1692"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1692\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1694,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1692\/revisions\/1694"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1692"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1692"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1692"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}