{"id":92,"date":"2016-01-29T11:42:12","date_gmt":"2016-01-29T06:42:12","guid":{"rendered":"http:\/\/sub.kasaba.uz\/toshvil\/?page_id=92"},"modified":"2023-03-15T11:52:55","modified_gmt":"2023-03-15T06:52:55","slug":"rayosat","status":"publish","type":"page","link":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/?page_id=92","title":{"rendered":"Rayosat"},"content":{"rendered":"<p>Viloyat kengashining rayosati<\/p>\n<p>1. Birlashma kengashi majlislar (plenumlar) oralig\u2018ida joriy masalalarni hal etish uchun rayosatni (keyingi o\u2018rinlarda \u201cKengash rayosati\u201d deb ataladi) saylaydi.<\/p>\n<p>Kengash rayosati tarkibiga birlashma raisi, uning o\u2018rinbosari, kengash majlisi tomonidan saylangan boshqa a\u02bczolar kiradi.<\/p>\n<p>2. Kengash rayosati majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marotaba o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>3. Kengash rayosati:<\/p>\n<p>Birlashma kengashi majlisiga (plenumiga) muhokama etiladigan masalalar yuzasidan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi va ko\u2018rib chiqish taqdim etadi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini va ijro nazoratini tashkil qiladi;<\/p>\n<p>a\u02bczo tashkilotlarning mehnatkashlar ijtimoiy himoyasini ta\u02bcminlashga oid talablarini davlat organlarida qo\u2018llab-quvvatlaydi, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun\u00a0 qonunlarda belgilangan huquqlardan foydalanadi;<\/p>\n<p>birlashma nomidan ish beruvchilar birlashmalari va\u00a0 ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan kelishuv tuzish uchun muzokaralar olib boradi, tuzadi, uning amalga oshirilishini nazorat qiladi;<\/p>\n<p>belgilangan tartibda jamoa shartnomalari loyihalarini ekspertizadan o\u2018tkazadi, ularning bajarilishini tahlil qiladi va hisobini yuritadi, a\u02bczo tashkilotlarga bu borada amaliy yordam ko\u2018rsatadi;<\/p>\n<p>hududdagi davlat boshqaruvi organlari, idora, tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yadi;<\/p>\n<p>hududda ish haqi, xodimning sog\u2018ligiga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan beriladigan zarar to\u2018lovlarining o\u2018z vaqtida to\u2018lanishi ustidan jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik nazoratini olib boradi;<\/p>\n<p>hududiy mehnat bozoridagi vaziyatni tahlil qilib boradi, yangi ish o\u2018rinlarini yaratish dasturiga takliflar kiritadi va bajarilishini monitoring qiladi;<\/p>\n<p>ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun kvotalangan ish o\u2018rinlariga fuqarolar qabul qilinishini nazorat qilish ishlarini tashkillashtiradi;<\/p>\n<p>yangi ish o\u2018rinlari haqiqatda yaratilganini joylarga chiqib o\u2018rganish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;<\/p>\n<p>hududda ish o\u2018rinlari qisqartirilishi yoki korxonalar tugatilishi\u00a0 natijasida bo\u2018shatib olingan xodimlarga qo\u2018shimcha moddiy madad choralari berilishi va ular ishga joylashtirilishini nazorat qiladi;<\/p>\n<p>yashirin ishsizlik va norasmiy bandlikni cheklash borasida a\u02bczo tashkilotlarga amaliy yordam ko\u2018rsatadi;<\/p>\n<p>kasanachilar, vaqtinchalik, mavsumiy xodimlar\u00a0 manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;<\/p>\n<p>kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko\u2018maklashish, ularga moddiy va ma\u02bcnaviy ko\u2018mak berish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;<\/p>\n<p>mehnatkashlarga qonun hujjatlari va jamoa shartnomalarida nazarda tutilgan ijtimoiy himoya choralari qo\u2018llanilishini nazorat qilish ishlarini tashkillashtiradi;<\/p>\n<p>mehnat muhofazasi sohasida olib borilayotgan ishlar haqidagi ma\u02bclumotlarni tahlil qiladi hamda mehnatni muhofaza qilish bo\u2018yicha ishlarni tashkil etish, baxtsiz hodisalar va kasb kaslliklarining oldini olish bo\u2018yicha tegishli choralar ko\u2018rish yuzasidan ish beruvchilarga talabnomalar kiritadi;<\/p>\n<p>Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalariga hududda rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etadi;<\/p>\n<p>kasaba uyushmalarining ustav vazifalari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratining barcha shakllari (davlat organlariga murojaat qilish, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik tekshiruvi, jamoatchilik fikrini o\u2018rganish va hokazolar)dan foydalanadi;<\/p>\n<p>kasaba uyushmalari a\u02bczolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat muhofazasi, xodimlar va ularning oila a\u02bczolarini sog\u2018lomlashtirish, kasaba uyushmalari xodimlari va faollarini o\u2018qitish, madaniy-ma\u02bcrifiy va sport tadbirlarini o\u2018tkazish masalalarida davlat va jamoat tashkilotlari bilan qo\u2018shma qarorlar qabul qiladi;<\/p>\n<p>yangi tashkil etilayotgan korxonalarni foydalanishga qabul qilishda kasaba uyushmalari vakillari ishtirokini ta\u02bcminlaydi, ularda kasaba uyushma tashkilotlari tuzilishini tashkillashtiradi;<\/p>\n<p>mulkchilik shaklidan qat\u02bci nazar davlat va xo\u2018jalik boshqaruv organlarining mehnatkashlar haq-huquqlari va manfaatlarini kamsituvchi va amaldagi qonunlarga zid qarorlarini bekor qilishga, ijrosini to\u2018xtatishga va o\u2018zgartirishga erishadi;<\/p>\n<p>kasaba uyushmalari faoliyatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan kelib chiqqan holda, Birlashma kengashining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, intitutsional rivojlantirish maqsadida, Federatsiya Kengashi bilan kelishgan holda boshqa davlatlarning kasaba uyushmalari, xalqaro tashkilotlar, ekologik va boshqa fondlar bilan o\u2018zaro hamkorlik qilishi, hamkorlikda loyihalarni tayyorlashi va amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin;<\/p>\n<p>birlashmaning moliyaviy faoliyatini amalga oshiradi, Federatsiya Kengashi Rayosati bilan kelishgan holda Birlashma Kengashining kasaba uyushma va ijtimoiy sug\u2018urta budjeti bo\u2018yicha daromadlar va xarajatlar tasdiqlaydi;<\/p>\n<p>Birlashma kengashi majlisini (plenumini) chaqiradi, kun tartibini taklif etadi hamda uni o\u2018tkazish vaqti va joyini belgilaydi;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati qarori asosida Birlashma kengashi ishchi apparatining shtatlar jadvalini\u00a0 tasdiqlaydi;<\/p>\n<p>a\u02bczo tashkilotlarda kasaba uyushma a\u02bczolarini ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, mehnat huquqlarini himoyalash, mehnat muhofazasi, xodimlar va ularning oila a\u02bczolarini sog\u2018lomlashtirish, kasaba uyushmalari xodimlari va faollarini o\u2018qitish, ish yuritishni tashkil etish, madaniy va ma\u02bcrifiy ishlarni muvofiqlashtirib turadi, o\u2018rganadi, amaliy yordam ko\u2018rsatadi, zarur hollarda kengash rayosati majlisida muhokama etadi;<\/p>\n<p>kasaba uyushmalarining o\u2018rta va quyi bo\u2018g\u2018in organlari rahbarlari hamda xodimlari uchun kasaba uyushmalari Respublika kengashlari bilan o\u2018zaro muvofiqlashtirilgan holda o\u2018quv-seminarlar tashkil etadi;<\/p>\n<p>Federatsiya Kengashi, Kengash Rayosati qarorlariga muvofiq quyi tashkilotlar uchun uslubiy qo\u2018llanmalar ishlab chiqishi mumkin;<\/p>\n<p>kasaba uyushmalari kadrlari va faollarini Federatsiya Kengashining Faxriy yorlig\u2018i, Nishonlari bilan taqdirlash, shuningdek davlat mukofotlariga tavsiya etish to\u2018g\u2018risida takliflar, taqdimnomalar kiritadi;<\/p>\n<p>Birlashma kengashi vakolat bergan boshqa vazifalarni bajaradi.<\/p>\n<p>Birlashmaning oliy organi<\/p>\n<p>1. Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining konferensiyasi birlashmaning oliy organi bo\u2018lib,\u00a0 Birlashma kengashining majlisi (plenumi) tomonidan besh yilda kamida bir marotaba chaqiriladi.<\/p>\n<p>Konferensiya chaqirish, vakillik me\u02bcyori hamda tavsiya etilayotgan kun tartibi to\u2018g\u2018risida konferensiyadan kamida ikki oy oldin e\u02bclon qilinadi.<\/p>\n<p>Konferensiyaga vakillik me\u02bcyori, Birlashma kengashini shakllantirish, delegatlarni saylash tartibi Birlashma kengashi majlisi (plenumi) tomonidan belgilanadi.<\/p>\n<p>Birlashma raisi, birlashma kengashi raisining o\u2018rinbosarlari o\u2018z lavozimlariga ko\u2018ra birlashma konferensiyasining delegatlari hisoblanadilar.<\/p>\n<p>2. Navbatdan tashqari konferensiya Birlashma kengashi tomonidan o\u2018z tashabbusi bilan yoki Federatsiya Kengashi Rayosati qaroriga muvofiq yohud birlashmaga a\u02bczo tashkilotlarning kamida\u00a0 uchdan bir qismining talabi bilan chaqiriladi va uni chaqirish hamda ko\u2018zda tutilgan kun tartibi haqida kamida bir oy oldin e\u02bclon qilinadi.<\/p>\n<p>Konferensiya vakolatiga:<\/p>\n<p>birlashmani tashkil etish va uni tugatish;<\/p>\n<p>birlashma raisini, Birlashma kengashi va taftish komissiyasi a\u02bczolarini saylash, a\u02bczo tashkilotlar tomonidan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri vakil yo\u2018llash usulida Birlashma kengashi tarkibiga salangan vakillarning vakolatini tasdiqlash;<\/p>\n<p>Birlashma kengashi va taftish komissiyasining faoliyatlari to\u2018g\u2018risidagi hisobotlarini tinglash;<\/p>\n<p>birlashmaning uzoq muddatga mo\u2018ljallangan dasturiy hujjatlarini qabul qilish, ularga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qurultoyiga delegatlarni, belgilangan tartibda va vakillik me\u02bcyoriga muvofiq Federatsiya Kengashi tarkibiga vakillarini saylash;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ustaviga zid kelmaydigan boshqa masalalarni hal etish kiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Viloyat kengashining rayosati 1. Birlashma kengashi majlislar (plenumlar) oralig\u2018ida joriy masalalarni hal etish uchun rayosatni (keyingi o\u2018rinlarda \u201cKengash rayosati\u201d deb ataladi) saylaydi. Kengash rayosati tarkibiga birlashma raisi, uning o\u2018rinbosari, kengash majlisi tomonidan saylangan boshqa a\u02bczolar kiradi. 2. Kengash rayosati majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marotaba o\u2018tkaziladi. 3. Kengash rayosati: Birlashma kengashi majlisiga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":7,"featured_media":0,"parent":6,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/92"}],"collection":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/7"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=92"}],"version-history":[{"count":4,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/92\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4209,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/92\/revisions\/4209"}],"up":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/6"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/toshvil.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=92"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}